1. Aksiya nomi: «World of Tanks va BrainTonic Actibo» (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Aksiya» deb yuritiladi).

Aksiya qadog’ida «World of Tanks va BrainTonic Actibo» aksiyasi belgisi mavjud, hamda Black ta’mli BrainTonic Actibo («Mareven Fud Tyan’-SHan’» mas’uliyati cheklangan shirkati tomonidan ishlab chiqariladigan alkogolsiz charchoqni chiqaradigan ichimliklar) savdo belgisi mahsulotiga nisbatan o’tkaziladi

2. Aksiya tashkilotchisi (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Tashkilotchi» deb yuritiladi) bo’lib «Mareven Fud Tyan’-SHan’» mas’uliyati cheklangan shirkati hisoblanadi, huquqiy manzili: 04084, Qozog’iston Respublikasi, Olmota viloyati, Kapshagay shahri, Zarechniy qishloq okrugi, Arna qishlog’i, Arna sanoat zonasi, Mareven Fud Tyan’-SHan’ hududi, 1B bino, BIN 150440018581, KBE 17, KTUT 52938431.

Aksiya tashkilotchisi, shuningdek, aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini tashkillashtiruvchi va ularni qayta ishlovchi operator, bundan tashqari shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarini belgilovchi hisoblanadi.



2.1. Aksiya hamkori bo’lib «KaR-Tel» mas’uliyati cheklangan shirkati hisoblanadi, huquqiy manzili: Qozog’iston Respublikasi, Nur-Sulton shahri, Kadirgali Jalayiri ko’chasi, 2 uy, BIN 980540000397 (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Hamkor» deb yuritiladi).


3. Aksiyani o’tkazish hududi Territoriya provedeniya Aksii – Respublika Kazaxstan, Respublika Uzbekistan.


4. Aksiyani o’tkazishning umumiy muddati – 2020 yil 01 iyundan 2020 yil 31 dekabrgacha (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Aksiyani o’tkazish davri» deb yuritiladi


5. Aksiyada 14 yoshga to’lgan Qozog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Ishtirokchi» deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin


6. Aksiya ishtirokchisi bo’lish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

6.1. 1 (bir) birlikdan kam bo’lmagan miqdorda Aksiya qadog’ida «World of Tanks va BrainTonic Actibo» aksiyasi belgisi mavjud, hamda Black ta’mli, hamda qadog’ining ichida * Individual kodli BrainTonic Actibo mahsulotini xarid qilish.

* Individual kod – 10 xonali raqam va harflardan tashkil topgan kombinasiya bo’lib, u Aksiyada ishtirok etuvchi mahuslot qadog’ining ichida joylashgan (butilka qopqog’ining ichki qismida) (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Individual kod tashuvchisi» deb yuritiladi).

Individual kodlar takrorlanmaydi. Bir Individual kod aksiyada bir martadan ortiq ishtirok etish uchun foydalanilishi mumkin emas.

Ishtirokchi Individual kod tashuvchilarini (Individual kod surati tushirilgan qadoq qismi yoki Individual kodning fotosurati) aksiya o’tkazish muddati yakunlanguniga qadar saqlab yurishlari lozim.

Aksiyada ishtirok etuvchi Individual kodlar miqdori chegaralangan hamda Aksiya muddati yakunlanguniga qadar to’liq sarflanishi mumkin.

6.2. Aksiyada ishtirokchi sifatida ishtirok etish uchun ActiboWoT.kz Aksiya portalida Individual kodlarni qabul qilish davrida ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. Agarda ishtirokchi portalda oldin ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, takroran ro’yxatdan o’tish talab qilinmaydi va barcha kelgusi harakatlar mavjud qayd qilingan yozuvlar doirasida amalga oshiriladi.

6.2.1. ActiboWoT.kz internet-saytida ro’yxatdan o’tishda ishtirokchi so’rovnomani to’ldirishi, unda o’zining shaxsiy ma’lumotlarini (matnda bundan keyingi o’rinlarda «Ro’yxatga olish ma’lumotlari» deb yuritiladi), ya’ni quyidagilarni ko’rsatishi lozim:

- FISH va elektron pochta manzili (bu login vazifasini ham bajaradi),

- Parol o’ylab topish (jami 6-20 belgidan iborat bo’lishi, tarkibida kamida 1 ta raqam, 1 ta bosh harf, 1 ta kichik harf bo’lishi hamda bo’sh joy bo’lmasligi lozim)

- ro’yxatdan o’tish jarayonida tegishli bandda belgini qo’yish yo’li bilan mazkur aksiya shartlarini qabul qilish.

6.2.2. Ro’yxatdan o’tishni yakunlash uchun ishtirokchi o’zi ko’rsatgan elektron pochta manziliga yuborilgan havolaga o’tishi orqali ushbu elektron pochta manzilini tasdiqlashi lozim.

6.2.3. Ro’yxatdan o’tish yakunlanganidan keyin aksiyada ishtirok etish maqsadida ActiboWoT.kz internet saytiga kirishni amalga oshirish uchun ishtirokchi ro’yxatdan o’tish jarayonida ko’rstilgan login va paroldan foydalanishi lozim.

6.2.4. ActiboWoT.kz internet saytiga kirish uchun parolni qayta tiklash uchun (agarda ishtirokchi parolni unutib qo’ysa) ishtirokchi mustaqil ravishda parolni tiklash shaklidan foydalanishi hamda ro’yxatdan o’tish paytida ko’rsatilgan elektron pochta manzilidan yangi parolni olishi mumkin.

6.2.5. ActiboWoT.kz internet saytida rzyxatdan o’tish prosedurasidan keyin ishtirokchi SHaxsiy kabinetga kirishi mumkin bo’ladi (saytning boshqa foydalanuvchilari uchun yopiq bo’lgan qismi bo’lib, unga faqat login va parol birikmasini ko’rsatgan holda kirish mumkin), va unda kodni ro’yxatdan o’tkazish amalga oshiriladi hamda 7.1 bandda ko’rsatilgan olingan yutuqlarni ko’rsatgan holda individual kodlarni ro’yxatdan o’tkazish tarixi ifodalanadi.

6.3. ActiboWoT.kz internet saytiga kirish uchun o’z login va parolidan foydalangan holda internet saytida 1 (bir)tadan kam bo’lmagan Individual kodni ro’yxatdan o’tkazish.

6.3.2. Quyidagi individual kodlar noto’g’ri deb topiladi, hisobga olinmaydi hamda ro’yxatdan o’tkazilmaydi:

- to’qib chiqarilgan;

- noto’g’ri yoki xato kiritilgan (kodlar ma’lumotlar bazasi bilan individual kodlar tashuvchisiga kiritilgan kodlar o’rtasida muvofiqlik topilmaganda);

- ushbu yoki boshqa aksiya ishtirokchisi tomonidan bundan oldin ro’yxatdan o’tkazilgan;

- Aksiyaning yakunlanish sanasidan (2020 yil 31 dekabr kuni Olmota vaqti bilan 23 dan 59 daqiqa o’tganda) keyin ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim qilingan.


7. Yutuq jamg’armasi:

7.1. Kafolatlangan yutuq har bir «World of Tanks va BrainTonic Actibo» aksiya belgisi bo’lgan Black ta’mli mahsulot qadog’ida bo’ladi. Kafolatlangan yutuq jamg’armasi 35 000 (o’ttiz besh ming) promo kodni tashkil qilib, ularning har biri Wargaming ishlab chiquvchi tomonidan taqdim qilingan World of Tanks o’yinida 25 (yigirma besh) ta Gold*ga ega bo’lish imkonini beradi (Gold – PC platformasida World of Tanks video o’yini uchun o’yin ichidagi virtual valyutadir. matnda bundan keyingi o’rinlarda «Gold» deb yuritiladi). Wargaming promokodlarining miqdori chegaralangan bo’lib, ular yutuq jamg’armasining to’liq tugatilguniga, yoki bo’lmasa aksiya yakuniga etguniga qadar beriladi.

* Tegishli platforma uchun World of Tanks o’yinining bo’lishi talab etiladi. O’yin bepul tarqatiladi (https://wargaming.net). 

7.1.1. Ishtirokchining shaxsiy kabinetida hisoblangan promokodni World of Tanks o’yini ichidagi valyutaga almashtirish muddatlari – 31.01.2021 yilgacha.

7.1.2. Individual kodlarni ro’yxatdan o’tkazish soni bir ro’yxatdan o’tkazish yozuvidan boshlab, cheklanmagan miqdorgacha bo’ladi, har bir ro’yxatdan o’tkazilgan kod uchun ishtirokchi kafolatlangan tarzda Wargaming promokodiga ega bo’ladi.

7.1.3. Sherik aksiyaning barcha ishtirokchilariga promokodlarni hisoblashning maxsus shartlarini taqdim qiladi. 01.08 dan boshlab hamkor tomonidan taqdim qilingan Aksii «World of Tanks va BrainTonic Actibo» aksiya belgisi tushirilgan Black ta’mli mahsulot qadog’idan olingan promokodlarning tugallanishigacha bo’lgan davrda 19:00 dan 20:00 gacha (Olmota vaqti bilan) 7.1 bandda ko’rsatilgan kafolatlangan yutuq nominali aksiya hamkori tomonidan 25 (yigirma besh) Gold nominalli ikkinchi promokodni qo’shimcha hisoblash yo’li bilan ikki baravarga oshiriladi. Wargaming qo’shimcha promokodlarining miqdori cheklangan hamda hamkor tomonidan yutuq jamg’armasi to’liq tugagunga qadar taqdim qilinadi. Hamkorning maxsus shartlari bo’yicha promo kodlarni ro’yxatdan o’tkazish kuniga aksiya ishtirokchisining ro’yxatdan o’tish yozuviga to’g’ri keladigan 2 (ikki) faollashtirish bilan cheklanadi.

7.1.3.1. HAmkor tomonidan taqdim qilinadigan qo’shimcha yutuq jamg’armasi 3500 (uch ming besh yuz) promo kodlarni tashkil qilib, ularning har biri 25 (yigirma besh) dona golni olish huquqini beradi.


8. Aksiya yutuqlarini olish shartlari, tartibi va muddatlari:

8.1. Aksiya ishtirokchilari ActiboWoT.kz saytida aksiyani o’tkazish qoidalari bilan tanishib chiqishlari shart.

8.2. Kafolatlangan yutuq sifatida olingan kodni goldga almashtirish tartibi:

- aksiya ishtirokchisi ActiboWoT.kz saytiga kirishi lozim

- Aksiya ishtirokchisi aksiyani o’tkazish shartlariga rozi bo’ladi

- Aksiya ishtirokchisi shaxsiy akkaunt yaratadi hamda elektron pochta manzilini tasdiqlaydi

- Saytda akkaunt egasi sifatida avtorizasiyadan o’tgandan keyin aksiya ishtirokchisi shaxsiy kabinetga kirib, undagi maxsus maydonga «World of Tanks va BrainTonic Actibo» Aksiyasining belgisi tushirilgan Black ta’mli mahsulot qadog’idagi kodni kiritadi

- Amalga oshirilgan harakatlar to’g’ri bo’lganda, aksiya ishtirokchisiga Wargaming kodi o’tkaziladi. Kod Aksiya ishtirokchisining ActiboWoT.kz saytidagi shaxsiy kabinetida saqlanib qoladi.

Wargaming kodini World of Tanks o’yinida faollashtirish tartibi:

- o’zingizning o’yindagi loginingizni va parolingizni Wargaming portaliga kirish uchun foydalaning (https://wargaming.net)

- “Premium do’kon” bo’limi, “Wargaming kodini faollashtirish” sahifasiga o’ting (https://ru.wargaming.net/shop/redeem/)

- Kodni kiriting, Faollashtirishni bosing

Wargaming dan rasmiy FAQ (https://worldoftanks.ru/ru/content/guide/general/bonus/)

8.2.1. Individual kodlarni qabul qilish muddati - 2020 yil 01 iyundan 2020 yil 31 dekabrgacha.

8.2.2. Wargaming kodlarini qabul qilish muddati – 31.01.2021 yil soat 23 dan 59 daqiqa o’tgungacha (Belarus Respublikasi, Minsk shahri vaqti bilan).

8.3. Mazkur qoidalar bilan belgilab qo’yilgan yutuqlar almashtirilishi hamda boshqa ekvivalentlariga o’zgartirilishi mumkin emas.

8.4. Tashkilotchining yutuqni ishtirokchiga etkazish bo’yicha majburiyati Wargaming kodini Aksiya ishtirokchisining shaxsiy kabinetiga o’tkazib berguniga qadar bajarilgan hisoblanadi.

8.5. Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchi mazkur qoidalar bilan to’liq tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.

8.6. Tashkilotchi ishtirokchi tomonidan firibgarlik va Qozog’iston Respublikasining qonunchiligini, shuningdek mazkur qoidalarni buzuvchi boshqa shunga o’xshash harakatlarning sodir etilishi to’g’risida etarli dalil va isbotlarga ega bo’lgan taqdirda o’zida ishtirokchini yutuqdan mahrum qilish huquqini saqlab qoladi.

8.7. Tashkilotchi o’zida firibgarlik sodir etgan yoki harakatlari tashkilotchi tomonidan firibgarlik deya talqin qilinadigan ishtirokchilarning Aksiyada keyinchalik ishtirok etishi va yutuq/yutuqlarni olishiga yo’l qo’ymaslik huquqini saqlab qoladi.


9. Boshqa qoidalar.

9.1 Aksiya tashkilotchisi quyidagilar uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi:

9.1.1. Ishtirokchilar tomonidan ularning aksiyada ishtirok etishlari va yutuqlarni olishlari bilan bog’liq majburiyatlarini bajarmasligi (o’z vaqtida bajarmasligi);

9.1.2. Ishtirokchining mazkur Aksiyani o’tkazish qoidalar va unda ishtirok etish shartlari bilan tanishib chiqmasligi, ishtirokchilar tomonidan elektron xabarlarning olinmasligi, jumladan aloqa tashkilotlarining aybi bilan, texnik nosozliklar va/yoki Aksiyani o’tkazish chog’ida qo’llaniladigan Internet tarmog’idagi va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarlik natijasida;


10. Aksiyaning umumiy shartlari.

10.1. Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchilar aksiya tashkilotchilariga ular tomonidan aksiyani o’tkazish maqsadida ixtiyoriy ravishda taqdim qilingan ma’lumot (jumladan ularning shaxsiy ma’lumotlari) aksiya tashkilotchilari, shuningdek ularning vakolatli shaxslari tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalarini qo’llagan holda qayta ishlanishi uchun o’z roziligini beradi.

10.2. Aksiyada ishtirok etib ishtirokchi tanishib chiqqanligini hamda aksiyani o’tkazish qoidalari va unda ishtirok etish shartlariga roziligini tasdiqlaydi.

10.3. ActiboWoT.kz internet saytida ro’yxatdan o’tish orqali ishtirokchi o’zining muomalaga layoqatli Qozog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini, ko’rsatilgan davlatlar hududida yashashini, o’zining shaxsiy va haqiqiy ma’lumotlarini ma’lum qilganligini tasdiqlaydi hamda taqdim qilingan ma’lumotlarining qayta ishlanishi, shuningdek qo’shimcha rozilik berilgan taqdirda – reklama aksiyalari, sovg’alar, mahsulot namunalari va aksiya tashkilotchisidan boshqa buyumlarni olish uchun o’z roziligini beradi. Ishtirokchi o’zining roziligini Aksiya tashkilotchisiga hamda uning vakolatli shaxslariga berib, ular bunday ma’lumotlarning ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash uchun barcha kerakli choralarni qo’llashadi, ishtirokchining so’rovnomada ko’rsatilgan hamda yutuqlarni olish uchun, aksiya tashkilotchisi va/yoki uning vakolatli shaxslarining ishtirokchi ma’lumotlarining egalari bilan bog’lanishi uchun, jumladan elektron ploqa, ya’ni elektron pochta orqali xabar yo’llash orqali taqdim qilingan ma’lumotlarigi yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish huquqidan foydalanishadi. Rozilik ishtirokchi tomonidan o’zining ma’lumotlarini xabar tariqasida yo’llagan paytidan boshlab amal qiladi.

10.4. Tashkilotchi foydalanuvchi tomonidan aksiya shartlarini bajarishni tasdiqlash tariqasida mazkur qoidalarning 6.1 bandiga muvofiq foydalanuvchi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan individual kodlar tashuvchisini (yoki ularning foto suratlarini) so’rab olishga haqli.

Ishtirokchi tomonidan so’ralgan ma’lumotning taqdim qilinganligi holatida Ishtirokchi aksiya shartlarini bajargan deb hisoblanmaydi, va tashkilotchi o’zida ishtirokchiga yutuqni topshirishdan bosh tortish huquqini saqlab qoladi.

10.5. Ishtirokchi tomonidan aksiya doirasida jo’natilgan Har bir individual raqamni ro’yxatdan o’tkazishga javoban, uning qayta ishlanishi natijalariga ko’ra, ishtirokchi tashkilotchidan quyidagi tizimli xabarlardan birini olishi mumkin:

- Qabul qilingan individual kod hamda ishtirokchining kafolatli yutuq egasi deb topilganligi to’g’risidagi xabar;

- Individual kod yo’qligi to’g’risidagi xabar;

- Individual kod bundan oldin faollashtirilganligi to’g’risidagi xabar;

- Individual kodning noto’g’ri formati hamda kodning qaytadan kiritilishi so’ralganligi to’g’risidagi xabar;

- Xizmatning mavjud emasligi to’g’risidagi xabar (Aksiya boshlanishidan oldin yoki aksiya tugashidan keyin yuboriladigan individual kodlarni istalgan tarzda ro’yxatdan o’tkazishga bo’lgan urinishlar paytida);

- Ishtirokchi tomonidan 3 (uch) marotaba ketma ket kodlarni noto’g’ri kiritilishi natijasida Kaptchani (CAPTCHA) kiritish kerakligi to’g’risidagi xabar. Ishtirokchi tomonidan bunday ko’rinishdagi tizimli harakatlar tashkilotchi tomonidan individual kodning o’zidan to’qib yozilishi deya baholanadi hamda mazkur qoidalarning 8.6 bandining amal qilish doirasiga tushadi.

10.6. Aksiya ishtirokchilarini uni o’tkazish shartlari va tartibi to’g’risida tanishtirish mazkur Qoidalarning to’liq matnini aksiya portalida ActiboWoT.kz/rules havolasi orqali joylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

10.7. Aksiya tashkilotchisi, ishtirokchilarni aksiyaning o’tkazilishini uzaytirish yoki muddatidan ilgari yakunlash to’g’risida ActiboWoT.kz manzili bo’yicha ularni oldindan xabardor qilgan holda, mustaqil ravishda mazkur qoidalarga o’zgartirish kiritishga, aksiyani o’tkazish shartlari va muddatlarini o’zgartirishga haqli, ishtirokchilarni bunday yo’l bilan xabardor qilish qoidalarni o’zgartirish to’g’risida ishtirokchilarni xabardor qilishning etarli usuli hisoblanadi.

BrainWarrior. World of Tanks 2020 bo’yicha Markaziy Osiyo chempionati

Turnir online 3x3, 8 level, qarama qarshi jang formatida o’tkaziladi, yosh bo’yicha cheklov 12+. To’liq reglament quyida keltirilgan. Qozog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi rezidenti hisoblangan istalgan o’yinchilar Turnir ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Turnir 2 saralash bosqichidan iborat bo’lib, ularning natijalariga ko’ra final bosqichiga 4 ta jamoa chiqadi, va ular o’zaro yutuqli o’rinlar uchun kurashadilar. Birinchi tur natijalariga ko’ra final bosqichiga tushib bilmagan jamoalarning saralash ikkinchi turda takroriy ishtiro etishlari ta’qiqlanmagan.


Sanalar:

1 saralash turniri: ro’yxatdan o’tish 10.08 dan 23.09 gacha, o’tkazish sanasi– 2020 yil 26 sentabr.

2 saralash turniri: ro’yxatdan o’tish 10.08 dan 30.09 gacha, o’tkazish sanasi– 2020 yil 03 oktabr.

BrainWarrior turnirining finali – 2020 yil 10 oktabr.


YUtuq jamg’armasi:

1 o’rin - 500 000 tenge + 100 000 Gold;

2 o’rin - 350 000 tenge + 70 000 Gold;

3 o’rin - 150 000 tenge + 30 000 Gold;

4 o’rin - 50 000 Gold*

* Gold (oltin) – World of Tanks (Wargaming, PC versiyasi) o’yini ichidagi valyuta.

** Turnir hamkori "Mareven Fud Tyan’-SHan’" mas’uliyati cheklangan shirkati Qozog’iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yutuq jamg’armasi uchun hisoblanadigan soliqlarni to’lab berish majburiyatini o’z bo’yniga oladi. Turnir hamkori "Mareven Fud Tyan’-SHan’" mas’uliyati cheklangan shirkati o’zida pullik yutuqni (valyuta – tenge) Wargaming 1 USD = 250 Gold kurs bo’yicha World of Tanks (Wargaming, PC versiyasi) o’yini ichidagi valyuta ko’rinishidagi ekvivalentga almashtirgan holda Qozog’iston Respublikasi norezidentlari uchun yutuq jamg’armasini hisoblab o’tkazib berish shaklini o’zgartirish huquqini saqlab qoladi.